Google’ni hasharotlar bosdi
Olam
−
22 Oktabr 6297 2 daqiqa
Google kompaniyasi Nyu-Yorkdagi xodimlariga ofisda hasharotlar ko‘payib ketgani uchun masofadan ishlashga buyruq berdi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Google kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida hasharotlar sezilarli darajada ko‘payib ketgan. Zararkunandalar hayvonlardan yoki itlarning choyshabi orqali yuqqan degan taxminlar ham bor, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.
Kompaniyaning atrof-muhit, salomatlik va xavfsizlik bo‘yicha guruhi xodimlarga elektron xabarlar yuborib, binolar dezinfeksiya qilinmaguncha ofisga kelmasliklarini so‘ragan. Shunga qaramay, ba’zi xodimlar dushanba kuni ishga kelgan.
Google, shuningdek, ehtiyotkorlik maqsadida kompaniyaning boshqa ofislarida ham qo‘shimcha tekshiruvlarni boshlagan. Xodimlardan ishda va uyda hasharotlar chaqishi yoki to‘shakda zararkunanda belgilari guvohi bo‘lganda professional eksterminatorlarga murojaat qilish so‘ralgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zarakunandalarni yo‘q qilish juda qiyin. Hasharotlar tez ko‘payadi va oddiy insektitsidlarga chidamli. Ular kiyim-kechak, yuk va shaxsiy buyumlar orqali tarqalishi mumkin, bu esa dezinfeksiyadan keyin ham qayta infeksiya xavfini oshiradi.
Qayd etish joiz, Google’da shunga o‘xshash hodisa 2010 yilda ham sodir bo‘lgan. Unda ham ofisdagi barcha choyshablar yig‘ilib, bino dezinfeksiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning Kvinslend universiteti Ekologiya fakulteti aspiranti Jeyms Tvid o‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan ajralib turadigan uzun shoxli qo‘ng‘izning yangi turini kashf etgan edi.
Bunyod Keldiboyev