Endi Google'da maqolani o‘qimay, mazmunini bilish mumkin
Texnologiya
−
16 avgust 2023
4276Google generativ SI texnologiyasi orqali katta maqolalardan asosiy fikrlarni ajratib olish xizmatini taqdim etadi. Bu haqda “XDA” nashri xabar berdi.
VSTA deb nomlangan ushbu funksiya shu yil boshida Google'ning I/O konferensiyasida birinchi marta e’lon qilingan. U qidiruv natijalarini osonroq o‘qiladigan formatda ko‘rsatish uchun generativ SI texnologiyasidan foydalanadi. Xususiyat hozirda AQSHda tanlangan odamlargagina ochilgan va faqat ingliz tilida mavjud.
Shuningdek, sun’iy intellekt maqolalardan asosiy fikrlarni ajratib olishdan tashqari, “sahifada o‘rganing” bo‘limida maqolada javobi bor savollar ro‘yxatini taqdim etadi. Foydalanuvchilar ko‘proq ma’lumot olish uchun ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishi mumkin.
Yangi qisqartirish xususiyati hozirda Android va iOS`dagi Google ilovasida tajriba sifatida mavjud. Chrome brauzerida esa kelgusi haftalarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Google va Universal Music media xoldingi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan musiqiy asarlarni litsenziyalash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
LiveBarchasi