Golovkin – Murata jangi pandemik vaziyat tufayli qoldirildi

Sport

image

Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni, qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va yaponiyalik Ryota Murata o‘rtasidagi Tokioda o‘tkazilishi kutilgan jang 2022 yilga qoldirildi. Bunday qarorga Yaponiyaga kirishdagi cheklovlar koronavirusning yangi shtammi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan. Bellashuv dastlab joriy yilning 29 dekabr kuniga belgilangan edi

Jahon chempioni va Afina Olimpiadasi kumush medal sohibi Gennadiy Golovkin o‘z Twitter sahifasida ushbu qarorga izoh berdi:

“Yaponiyadagi jang qoldirilganidan juda xafaman, ammo aholi salomatligi va xavfsizligi doimo ustuvor bo‘lib qolishi kerak. Ryotaga qarshi jang qilish uchun ringga qaytishni intiqlik bilan kutaman”.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Golovkin professional boksda 41 g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. 35 yoshli Ryota Murata hisobida esa 16 g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Golovkin Prof boks Murata

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing