Golovkin Derevyanchenkoni yengdi
Sport
−
06 Oktabr 2019
3521Nyu-Yorkdagi "Madison Square Garden” arenasida super to‘qnashuv o‘z yakuniga yetdi.
Kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi bahs olib bordi.
Jangning birinchi raundida Sergey Golovkining kuchli zarbasini o‘tkazib yuborib, nokdaun holatiga tushib qoldi. Ikkinchi raundda esa ukrainalik bokschining qoshi yorildi. Shunday bo‘lsada, jang to‘liq o‘n ikki raund davom etdi.
To‘qnashuvning katta qismida ustunlikka erishgan Golovkinga hakamlar bir ovozdan 114-113, 115-112, 115-112 g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, qozog‘istonlik bokschi vakant bo‘lib turgan IBO, IBA kamarlariga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, Gennadiy Golovkin 1982 yilda Qozog‘istonda tug‘ilgan. U Ye. A. Buketov nomidagi Qarag‘anda davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan.
Gennadiy Golovkinning havaskorlik faoliyati uzoq va voqealarga boy. Gennadiy o‘zining ilk rasmiy jangini 11 yoshida mintaqaviy musobaqada o‘tkazgan.
Natijada u ushbu musobaqaning g‘olibiga aylandi.
LiveBarchasi