Mutlaq chempion Kanelo yana Golovkinga qarshi jang qilmoqchi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Saul Kanelo Alvares (57-1-2) qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (41-1-1) bilan uchinchi jangni o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki bokschi o‘rta vazn toifasida ikki marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Birinchi jangda durang natija qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchisida Kanelo hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan.

“Men Golovkin bilan jang o‘tkazishni, albatta, xohlayman. Agar Gennadiy ikkinchi o‘rta vaznga o‘tishga tayyor bo‘lsa, hech qanday muammosiz men u bilan mushtlashaman. Mutlaq Jahon chempioni bo‘lish oson emas, lekin men doim eng yaxshi jangchilar bilan raqobatlashishni istayman”, deydi Saul Alvares. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni Kanelo IBF sobiq chempioni Kaleb Plantni 11-raundda nokautga uchratib, super o‘rta vazndagi so‘nggi kamarini qo‘lga kiritgan edi. Bu Alvares uchun professional boksdagi 57-g‘alaba bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Saul faoliyati davomida atigi bitta jangda mag‘lub bo‘lgan. U 2013 yilning sentyabr oyida Floyd Meyveyzer qarshiligini sindira olmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Golovkin IBF WBO Prof boks Kanelo Tripl Ji Al'vares

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing