Golan tepaliklariga hujum qilindi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
28 iyul
11179Kecha, 27 iyul kuni Isroil ishg‘oli ostidagi Majdal Shams qishlog‘iga hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Isroil harbiy-havo kuchlari hujumda Livanning “Hizbulloh” guruhini ayblab, guruhning harbiy pozitsiyalarini nishonga olganini e’lon qildi. Shuningdek, mudofaa rasmiylari guruhning yettita nishoniga havo hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi. Qurbonlar bor-yo‘qligi noma’lum.
“Hizbulloh” esa qishloqdagi Golan tepaliklariga qilingan hujum bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi. Tepalikdagi futbol maydonchasiga raketa hujumi oqibatida kamida 19 kishi yaralangan.
Isroil mudofaa kuchlarining kontr-admirali, ayni paytda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi hisoblangan Daniel Xagariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.
“Bizning razvedkamiz aniq. “Hizbulloh” begunoh bolalarning o‘limi uchun javobgardir. Biz qarshi javob qaytarishgga tayyorlanamiz”, degan Xagari.
“Hizbulloh” esa qarshilik harakatining bu hodisaga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.
“Guruh dushmanning ayrim ommaviy axborot vositalari va turli media platformalari tomonidan Majdal Shams nishonga olingani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etadi”, deyilgan “Hizbulloh” munosabatida.
Voqeadan xabar topgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining X platformasidagi sahifasida tez orada AQSHdan qaytishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hizbulloh” uchuvchisiz havo vositalaridan Xermon tog‘idagi Isroil harbiy radar stansiyasiga zarba bergandi. Shuningdek, Isroil qo‘shinlarining G‘azo markazidagi Dayr al-Baladagi maktabga zarba bergani xabar qilingandi.
LiveBarchasi