G‘afurboy nufuzli sport tashkiloti a’zosiga aylandi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Butunjahon boks ittifoqining (WBC) yillik 61-Konvensiyasi o‘tkazilmoqda. Konvensiya doirasida O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti G‘ofur Rahimov WBC Oliy kengashi a’zosiga aylandi.

WBC tashkilotining yillik 61-konvensiyasi doirasida o‘tkazilgan hakamlar seminarida 50 dan ziyod davlatning 150 nafarga yaqin referilari qatorida 18 nafar o‘zbekistonlik hakamlar ham o‘z tajribalarini oshirmoqda.  

“Jahon professional boksining eng nomdorlarini jamlagan, Tayson kabi o‘nlab jahon chempionlarini dunyoga tanitgan WBC tashkilotining yillik anjumani yurtimizda tashkil etilayotgani O‘zbekiston boks hayotida unutilmas voqealik bo‘ldi. Ushbu tadbirda yuzdan ziyod davlatdan 500 nafardan ortiq boks mutaxassislari ishtirok etayotganining o‘zi O‘zbekiston katta sport mamlakatlaridan biriga aylanganidan dalolat. Bunday boks anjumanlari va uning tizimida o‘tadigan seminarlar, o‘quv-mashg‘ulotlar sababli murabbiylarimizda, hakamlarimizda xalqaro tajriba oshadi”, deydi boks bo‘yicha xalqaro toifadagi referi Rustam Majidov.  

Shuningdek, WBC yillik hisobot anjumanlarida ta’lim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslariga bag‘ishlangan ochiq va yopiq tarzdagi yig‘ilishlar, uchrashuvlar, mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Tashkilot tadbirlari 17 noyabrga qadar davom etadi. 17 noyabr kuni esa Toshkent shahridagi “Humo arena”da professional boks oqshomi tashkil etiladi. 16 noyabr kuni esa janglarni tomosha qilish uchun amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

boks G'ofur Rahimov Butunjahon boks ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing