GM Uzbekistan nomi o‘zgardi
Jamiyat
−
03 iyul 2019 16581 1 daqiqa
O‘zbekistonning yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi monopol tashkiloti GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining nomi o‘zgardi. Bu haqda Yagona korporativ ma’lumotlari portalidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan.
“General Motors O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyati nomi “UZAUTO MOTORS” aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirildi. Bu haqda hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Kompaniya nomi o‘zgargani bo‘yicha ertaga rasmiy ma’lumot beriladi.
Ma’lumot uchun, GM Uzbekistan 2008 yilda qo‘shma korxona shaklida tuzilgan. Kompaniya 1993 yil martida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “UzDEUavto” qo‘shma korxonasi negizida tashkil etilgan.
GM Uzbekistan 2008 yildan hozirgacha Spark, Lacetti II (Gentra), Chevrolet Orlando, Labo, Malibu, Cobalt, Nexia II, Nexia III, Tracker avtomobillarini ishlab chiqargan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust