GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillarini qanchadan sotishini ma’lum qildi

Olam

image

GM Uzbekistan Rossiya bozorlarida sotilishi kutilayotgan Ravon R2 va R4 modellarining narxlari va komplektatsiyalarini oshkor qildi.

R2 xetchbekining bazaviy modifikatsiyasini Optimum nomi ostida 800 ming rublga (12264 dollar) sotib olish mumkin bo‘ladi. Elegant versiyasi rossiyalik avtomobil ixlosmandi uchun 825 ming rublga (12647 dollar) teng bo‘ladi. Har ikki variant ham 85 ot kuchiga ega benzinda ishlovchi 1,2 litr hajmli motor bilan jihozlangan.

R4 sedanining Comfort MT variantini 780 ming rublga (11957 dollar) xarid qilish mumkin bo‘ladi. Biroq GM Uzbekistan R4 sedanining “top” versiyasi narxini 849 ming rubl (13015 dollar) qilib belgilagan.

Avtomobillar qachondan sotuvga qo‘yilishi hamon noma’lum. Dastlab mashinalar RFga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistondan olib kelinadi. Keyinchalik esa avtomobillarni Cherkessdagi zavodda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya GM Uzbekistan

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing