GM Uzbekistan avtomobillari uchun butlovchi qismlar chiqaruvchi korxonada yong‘in bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijon viloyati, Asaka tumani, Ulug‘bek MFYda joylashgan “Uz-Dong Won Co” qo‘shma korxonasiga tegishli binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Yong‘in bugun, 5 noyabr kuni soat 02:23 da sodir bo‘lgan. Shu vaqtda yong‘hin xizmatiga “Uz-Dong Won Co” qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:29 da o‘rab olinib, 02:37 da bartaraf etilgan. 

Yong‘indan korxonaning 150 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Yong‘in oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv metr maydonda yonib zararlangan. Yong‘inga taxminiy sabab sifatida qozonda yog‘ni dog‘lash uchun qo‘yib, nazoratsiz qoldirish bo‘lgani aytilmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Uz-Dong Won Co” qo‘shma korxonasi "GM Uzbekistan" AJ avtomobillari uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida 1996 yil 27 dekabrda tashkil etilgan. 

Korxonaning asosiy faoliyat turi Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun eshik va kuzov qismlarini ishlab chiqarishdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in GM Uzbekistan Asaka

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing