Andijonda haydovchi uxlab qolib, Damas’ni ag‘darib yubordi (video)
3-sahifa
−
11:20 348 1 daqiqa
Andijon viloyatining Asaka tumanida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas avtomashinasi yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l transport hodisasi kecha, 17 oktyabr kuni soat 23:00 larda Asaka tumanidagi Niyozbotir mahallasi hududidan o‘tgan “Asaka – Quva” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvidagi Damas’da harakatlanib ketayotib, uxlab qolgan. Oqibatda u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan va avtomobil ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan, avtomashinaga texnik shikast yetgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIB haydovchilarni charchoq va uyqusiz holatda transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi. Harakat vaqtida uyqu bosishi yoki charchoq sezilsa, xavfsiz joyda to‘xtab, dam olish tavsiya etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir katta tezlikda yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi