GM Uzbekistan`ning sobiq rahbari bankrot bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati Arbitraj sudi o‘zbekistonlik tadbirkor, GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika avtomobil konserni sobiq bosh direktori, Uz-Daewoo avtomobillarining Voronejdagi dileri sobiq rahbari va “Km/ch” avtosalonlar tarmog‘i sobiq egasi Tohirjon Jalilovni bankrot deb topdi.

Sud Jalilovga nisbatan qarzni qayta tuzish jarayonni joriy qildi. Uning moliyaviy boshqaruvchisi etib o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot “Razvitiye”dan bo‘lgan Kristina Tutova belgilandi. Sud tadbirkorning bankrotligi natijalarini 2020 yil 18 mayda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ko‘rib chiqadi.

Tohirjon Jalilovni bankrot deb topishni 502,99 mln rubl qarzdorligi sababli “Vozrojdeniye” banki talab qilgan. Bankrotlik to‘g‘risidagi da’vo 2019 yil mart oyida berilgan.

“Km/ch” avtosalonlarining moliyaviy muammolari haqida 2016 yilda ma’lum bo‘ldi, o‘shanda ularga Investtorgbank va “Vozrojdeniye” bankidan bankrotlik to‘g‘risida da’vo arizalari kela boshlagan. Salonlar Uz-Daewoo, Ravon, Iveco, ZAZ, Skoda hamda Volkswagen avtomobillarini sotgan. Barcha salonlar 2014 yilda olingan kreditlar bo‘yicha birdek kafolatchi bo‘lgan, Rossiyada tarmoqning asosiy yuridik shaxslari qarzi 20 milliard rubldan oshishi mumkin ekani aytilgan.

Jalilovning o‘zi bundan avval korrupsiyada gumonlanib, O‘zbekistonda hibsda saqlangan. Biroq, 2017 yilda undan barcha ayblovlar olib tashlangan holda ozodlikka chiqqan.

Tohirjon Jalilov “O‘zavtosanoat” davlat xoldingi boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga qaytdi, keyinchalik “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

GM Uzbekistan Tohirjon Jalilov

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing