Tohirjon Jalilovning qarzdorligi 500 mln rublligi rasman tasdiqlandi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
11393GM Uzbekistan o‘zbek-amerika konsernining sobiq bosh direktori, Voronejdagi "Uz-Daewoo" avtomobillari dileri hamda “Km/ch” avtosalonlar tarmog‘ining sobiq egasi Tohirjon Jalilovning 500 million rubllik qarzdorligi kreditorlar reyestriga kiritildi. Ushbu qaror Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati hakamlik sudi tomonidan chiqarildi.
“Vozrojdeniye” banki 209,68 million rublni kreditorlar da’volar reyestriga kiritgan edi. Da’volar bir nechta kredit shartnomalari va qarz foizlaridan iborat.
Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi Auditorsko-konsaltingovaya yuridicheskaya firma “Obedinennaya yuridicheskaya kollegiya” MCHJ kafillik shartnomasi bo‘yicha 299,22 million rubl qarz bilan Jalilovning bankrotligiga qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, Tohirjon Jalilov 2019 yilning noyabrida o‘zini bankrot deb e’lon qildi. Arbitraj sudi unga nisbatan qarzni qayta tuzish tartibini joriy etdi.
Tohirjon Jalilov 1998 yilda “O'zDEUavto” aksionerlik jamiyatining Tashqi savdo, savdo va avtoservislarni boshqarish Direksiyasida muhandis bo‘lib ishlagan.
2003 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan vaqtda “O'zDEUavto-Saratov” OAJ bosh direktori (2004-2005 yillarda bir vaqtning o‘zida Kiyevdagi “Ukr-O'zavto” bosh direktori vazifasini bajaruvchi; 2007 yildan 2009 yilgacha “O'zavtoRus” MCHJ direktori vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan).
2009-2010 yillarda “GM Uzbekistan” OAJning marketing, savdo va avtoservislar bo‘yicha boshqaruv direktori lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng, 2010-2017 yillarda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari.
Tohirjon Jalilov 2017 yildan “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelmoqda.
LiveBarchasi