Global qarz rekord darajaga yetdi

Olam

image

Jahon qarzining miqdori 2020 yilning birinchi choragida koronavirus pandemiyasini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida 258 trillion dollar miqdorida rekord darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Xalqaro moliya instituti tomonidan e’lon qilingan hisobotda ko‘rsatilgan.

Bu global yalpi ichki mahsulotga nisbatan 331 foizni tashkil etadi.

Dunyo bo‘ylab hukumatlar, kompaniyalar, moliya institutlari va uy xo‘jaliklarining qarz yukining o‘sish sur’ati mart oyidan beri tezlashdi. 

Ikkinchi chorakda qarzning umumiy miqdori 5,5 trillion dollarlik o‘rtacha chorak ko‘rsatkichga nisbatan 12,5 trln dollar miqdoridagi rekord darajaga yetdi.

“Qarzning o‘sib borayotgan darajasi uning barqarorligi haqida xavotir uyg‘otadi ammo davlat qarzlarining 92 foizdan ko‘prog‘i sarmoyalarga to‘g‘ri keladi”, deyiladi hisobotda.

Rivojlangan davlatlarda qarz majburiyatlari 185 trillion dollargacha o‘sdi. Bunda asosan AQSH qarzi o‘sdi. Shuningdek, Kanada, Fransiya va Norvegiyada ham qarz sezilarli ko‘paydi. Rivojlanayotgan davlatlarda qarz 72,5 trln dollarga yetgan. 

Rivojlanayotgan bozorlarda esa birinchi chorakda qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbatan miqdori 220 foizdan 230 foizgacha ko‘tarildi.

2020 yil oxiriga kelib, rivojlanayotgan davlatlarning qarz majburiyatlari taxminan 3,7 trillion dollarga, 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich 4 trillion dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qarz

Baholaganlar

520

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing