Glayzerlar adashdimi? Sulsher va uning shogirdlaridan yana mag‘lubiyat

Sport

image

Kecha, 24 aprel kuni  APL 31-turining qoldirilgan o‘yinida “Manchester Yunayted” o‘z uyida hamshaharlari “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi taymida tomonlar maydonda deyarli tengma-teng harakat qilishdi. Biroz ustunlik “Siti” tomonida bo‘lsa ham o‘yinning birinchi yarmida 0:0 hisobi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda, mehmonlar Bernardu Silva va Leroy Sane tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritib ortga qaytdi.

Bu g‘alaba ularni turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa qaytardi. Jamoa 89 ochko to‘plagan holda, “Liverpul”dan bir ochko oldinda.

E’tiborlisi bu g‘alabadan so‘ng, Gvardiola — MYUni mehmonda ketma-ket uch bor yutgan APLdagi ilk murabbiyga aylanib oldi.

“Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” 0:2 (0:0, 0:2).
Manchester shahri, “Old Trafford” stadioni.

Gollar: Bernardu (54, 0:1), Sane (66)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Darmian (Sanches, 83), Smolling, Lindelof, Shou, Yang, Fred, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Reshford.

“Manchester Siti”: Ederson, Uolker, Kompani, Lyaport, Zinchenko, Fernandino (Sane, 51), Gyundogan (Danilo, 89), Silva, Bernardu, Sterling, Aguero (Jezus, 89).

Ogohlantirishlar: Pereyra (24), Zinchenko (26), Shou (89).


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Manchester Yunayted

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing