G‘ijduvonda 123 yoshli onaxon vafot etdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashab kelgan Rayhon Dilova kecha, 10 sentyabr kuni 123 yoshida vafot etdi. Bu haqda G‘ijduvon tuman hokimligi xabar berdi. 

Aytish joizki, onaxon O‘zbekistonning eng yoshi katta fuqarolaridan biri bo‘lgan. 2019 yilda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va G‘ijduvon tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan unga tantanali topshirilgan pasportda  Rayhon momo 1900 yilda tug‘ilgani qayd etilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rayhon Dilovaning bir opasi va ikki singlisi bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i Bilbek Norov 1993 yilda 93 yoshida vafot etgan. Ularning ikki qizi, yuzlab nevara, chevara va evaralari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro G'ijduvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing