G‘ijduvon tumani “qizil” hudud toifasiga kiritiladi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 3 ta tuman – Shofirkon, G‘ijduvon va Kogonning toifasini begilash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Yig‘ilishda viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi holati tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning dinamikasidan kelib chiqib, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi xulosasiga ko‘ra Shofirkon va G‘ijduvon tumanlarini “qizil”, Kogon tumanini “sariq”, qolgan barcha shahar va tumanlarni “yashil” toifadagi hududlarga ajratish, buni respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tasdiqlab olish taklifi ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Hozirda infeksiya aniqlangan Shofirkon tumanidagi Region qishlog‘ida 274 ta xonadonda 1286 nafar, “Xoja Orif” MFY M.Ashrafiy ko‘chasida 1814 ta xonadonda 8074 nafar fuqaro karantinga olingan.

Mazkur hududlarda xizmatni olib borishga 312 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etilgan.

Avvalroq, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlarida shaxsiy avtomobildan foydalanish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing