G‘iyosovning chempionlik jangi kechikishi mumkin
Sport
−
04 iyul 2023
3710O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning WBA chempionlik kamari uchun kechadigan jangi noma’lum muddatga kechikishi mumkin. Bu haqda sporchi bilan hamkorlik qilayotgan World of Boxing promouterlik kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, G‘iyosov joriy yilning 17 iyun kuni hali mag‘lubiyatga uchramagan amerikalik Xarold Kalderonni yengishi evaziga WBA yarim o‘rta vazn toifasining yangilangan reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Mazkur reytingning birinchi pog‘onasida esa amerikalik Verjil Ortis joylashgan bo‘lib, u 8 iyul kuni majburiy raqib sifatida yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Eymantas Stanyonisga qarshi jang o‘tkazadi.
Ushbu jangdan so‘ng Shahram G‘iyosovda reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, majburiy da’vogar maqomini olish imkoni paydo bo‘ladi. Biroq tashkilot yuqoridagi jang natijasidan kelib chiqqan holda bokschiga yana bir eliminator jangini taklif qilishi ham mumkin.
Bu holatda Shahramning chempionlik uchun bo‘lajak jangi yana noma’lum muddatga ortga suriladi.
QALAMPIR.UZ sportchiga yuqoridagi chigallik yuzasidan savol bilan murojaat qilganda, u quyidagicha javob berdi.
“Yo‘q, Verjil Ortis va Eymantas Stanyonis jangi g‘olibiga qarshi men asosiy da’vogar bo‘laman, ammo tashkilot yana nimanidir isbotlashimni istasa ham tayyorman. Biroq har qanday vaziyatda ham men asosiy da’vogarligimcha qolaman”, deydi G‘iyosov.
LiveBarchasi