G‘iyosov-Stanionis jangining sanasi aniq bo‘ldi
Sport
−
23 noyabr
5903Yarimo‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun litvalik Eymantas Stanionisga qarshi jangi 1 mart kuni o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, G‘iyosov-Stanionis chempionlik jangi 2025 yilning 1 mart kuni AQSHning Bruklin shahridagi “Barclays Arena”da tashkil etiladigan profboks oqshomi doirasida o‘tkaziladi. Jang asosiy karddan o‘rin olgan.
Mazkur oqshomning markaziy jangida aslida, 14 dekabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, biroq keyinchalik 1 mart sanasiga ko‘chirilgan Jervonta Devis va Lamont Roach bahsi tashkil etiladi. Bundan tashqari, turnir doirasida Jermall Charloning ham ringga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Stanionis so‘nggi jangini may oyi boshida Gabriel Maestrega qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. G‘iyosov esa 31 iyul kuni Migel Parra bilan jangda zafar quchgan.