Gitlerning uyi politsiya uchastkasiga aylantiriladi

Olam

image

Avstriyaning Adolf Gitler tug‘ilgan Braunau-na-Inne shahridagi uy politsiya bo‘limiga aylantiriladi. Bu haqda "Kuriyer" nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tenderda g‘olib bo‘lgandan so‘ng, Avstriyaning "Marte.Marte" arxitektura byurosi Uchinchi reyx rahbarining uyini qayta jihozlaydi. U yerda politsiya byurosi ochilishi ko‘zda tutilgan.

Hammasi bo‘lib, tenderda 12 ta kompaniya ishtirok etdi. Uyni qayta rekonstruksiya qilish 2022 yil oxiriga qadar yakunlanib, 5 million yevroga tushishi kutilmoqda. Bu ish bilan, ushbu joyda neo-natsistlarning yig‘ilishini oldi olinadi.

Binoda XVII asrdan 1965 yilgacha kutubxona, keyinchalik bank filiali va maktab bo‘lgan. 1977 yildan 2011 yilgacha bu uyda ustaxonalar va nogironlar uchun boshpana bo‘lgan.

2016 yilda hukumat binoni o‘ziga o‘tkazishga uringan. Ammo uning egasi uni davlatga topshirishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

politsiya Adolf Gitler

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing