“G‘isht-ko‘prik” posti oldida fuqaro bir kishiga pichoq bilan tashlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘isht ko‘prik” bojxona posti oldida bir fuqaro ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qilgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni Toshkent tumani “G‘isht ko‘prik” bojxona posti oldida 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro hech bir sababsiz, yo‘l yoqasidan harakatlanib ketayotgan, o‘ziga begona bo‘lgan 40 yoshli fuqaroga pichoq bilan to‘satdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Hududda xizmat olib borayotgan post patrul xodimlari ushbu shaxsning oldiga borib, undan zudlik bilan harakatlarini to‘xtatishni talab qilgan. Fuqaro esa xodimlarga va atrofdagi boshqa shaxslarga ham qo‘lidagi pichoq bilan tashlanib, tahdid qilgan.

Shundan so‘ng, xodimlar ushbu shaxsni atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast yetkazishini oldini olish maqsadida maxsus rezina tayog‘ini ishlatib, fuqaro Sh.Ye.ni qo‘lga olgan va zararsizlantirgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent G'isht ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing