Gipertovushli qurol: KXDR navbatdagi sinovni e’lon qildi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi kecha, 11 yanvar kuni gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga
tayanib xabar berilgan.  

Unga ko‘ra, sinovlar KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirokida o‘tkazilgan. Raketa 1000 kilometr masofani bosib o‘tgan va nishonga aniq tekkan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlar “ishlab chiqilgan gipertovushli qurol tizimining texnik tavsiflarini yakuniy tekshirish”ga qaratilgan. 

Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:27da (Toshkent vaqti bilan 01:27) ballistik raketa KXDRning ichki qismidan Yapon dengizi yo‘nalishida uchirilgan. Raketa 700 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan, eng yuqori nuqtada parvoz balandligi 60 kilometr, parvoz tezligi M = 10 raqamiga to‘g‘ri kelgan. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, uchirish KXDR qo‘shinlarining qishki mashg‘ulotlari doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR hukumatini raketa sinovlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa KXDR

Baholaganlar

196

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing