Ginnes kitobi vakillari sayyoradagi eng keksa insonga sertifikat topshirdi (video)

Olam

image

Ginnesning rekordlar kitobi vakillari dunyodagi eng keksa ayol – yaponiyalik Tomiko Itooka yashayotgan qariyalar uyiga tashrif buyurib, uning joriy maqomini tasdiqlovchi rasmiy sertifikatni topshirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, sertifikat ayol so‘nggi 5 yil davomida o‘zi yashab kelgan Xiogo prefekturasidagi qariyalar uyida topshirilgan. Tomiko 1908 yil 23 mayda Yaponiyada tug‘ilgan va hozirda 116 yosh 117 kunlik hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Tomiko imperator Meydji davrida Osakada tug‘ilgan. Yoshligida u o‘rta maktabning voleybol jamoasi a’zosi bo‘lgan. U 1979 yilda turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng qoyaga ko‘tarilish va piyoda yurish bilan shug‘ullangan. Ayol hozirda eng uzoq umr ko‘rgan odamlar orasida 23-o‘rinni egallab turibdi, biroq bor-yo‘g‘i ikki hafta ichida u bu ro‘yxatda 21-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.

Tarixda yoshi hujjatlarda qayd qilinib, eng uzoq umr ko‘rgan odam 122 yil 164 kun yashagan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy 117 yoshli Mariya Branas Morera vafotidan so‘ng, Tomiko Itooka rasman dunyodagi eng keksa ayol va eng keksa odam maqomini olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes kitobi eng keksa inson Tomiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing