G‘ildiragi chiqib ketgan avtomobil bir odam o‘limiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Nexia rusumli avtomobilning orqa g‘ildiragi chiqib ketib boshqa bir Nexia'ga borib urildi. Yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda  Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oktyabr kuni soat taxminan 7:45 larda Buxoro-Nukus-Denov avtomobil yo‘lining 15-kilometri oralig‘ida  Nexia rusumli avtomobil harakatlanib ketayotgan vaqtida orqa chap g‘ildiragi chiqib ketgan. Mashina esa ag‘darilgan. 

Ma’lum qilinishicha, chiqib ketgan g‘ildirak qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Nexia avtomobilining tom qismiga borib urilgan. Oqibatda haydovchi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing