Gidrometeorologiya xizmati markaziga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 sentyabrdagi qarori bilan Sherzod Habibullaxo‘jayevich Habibullayev O‘zgidromet direktori bo‘ldi.

Sherzod Habibullaxo‘jayevich 2017-2020 yillar davomida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Ta’kidlanishicha, u sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish, aholiga xizmat ko‘rsatishni tezkorlik va sodda yo‘l bilan bajarish bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirgan.

2013−2017 yillarda u AKT vazirligi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi direktori bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2004−2017 yillarda O‘zgidrometni Viktor Chub boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Habibullaev

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing