O‘zgidromet direktori shoshilinch ogohlantirdi
Jamiyat
−
26 iyul 2023 72304 1 daqiqa
O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev Respublikaning 7 ta viloyatida sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda u Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 27-30 iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi:
• Qashqadaryo viloyati – Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
• Jizzax viloyati – Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
• Toshkent viloyati – Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
• Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati – So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
• Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi Sherzod Habibullayev.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025