O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20-22 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet shu munosabat bilan 6 ta viloyatning ayrim tumanlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida hamda Angren va Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin holatlari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing