O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti. Bu haqda Gidrometeorologiya agentligi direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ertaga, 21 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi, 23 noyabrda esa Farg‘ona vodiysida ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, 22-23 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchayadi.

Respublika bo‘ylab 21-22 noyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s dan 22-25 m/s gacha ortishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 darajagacha pasayadi, shimolda esa -1/-3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

22-23 noyabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Sherzod Habibullaev sel-suv toshqini kuchli yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing