Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi evakuatsiya bo‘yicha bayonot berdi

Olam

image

Kecha, 22 avgust holatiga ko‘ra, Germaniya Afg‘onistondan 18 ta reysda 2000 dan ortiq kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Germaniya O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan nemis, afg‘on va boshqalarni evakuatsiya qilyapti. Toshkent aeroportida evakuatsiya qilinayotganlar oziq-ovqat, suv va dori-darmon bilan ta’minlanmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, evakuatsiya qilinayotgan fuqarolar avvaliga COVID-19 ga test topshiradi, keyin esa ular charter reyslar bilan Germaniyaga yo‘l oladi. Evakuatsiya qilinayotganlarda koronavirus aniqlangan taqdirda ham ular O‘zbekiston hududida qolib ketmaydi, maxsus reyslarda izolyatsiya qilingan holatda Germaniyaga olib ketiladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 16 avgustidan beri Germaniya Qurolli kuchlari nemis, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqining yordamga muhtoj fuqarolarini Qobuldan Toshkentga harbiy samolyotlarda evakuatsiya qilmoqda. 

Joriy yilning 19 avgust kuni QALAMPIR.UZ Toshkent aeroportida bo‘lib, evakuatsiya jarayoniga guvohlik qildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aeroport tranzit hududi bo‘lib, evakuatsiya qilingan qochqinlar u yerdan tashqariga chiqarilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya O'zbekiston evakuatsiya

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing