Germaniyaning Suriyadagi elchixonasi qayta ochildi

Olam

image

Germaniya elchixonasi Suriyada 13 yillik tanaffusdan keyin ochildi. Bu haqda bugun, 20 mart kuni DPA axborot agentligi xabar berdi.

Nemis diplomatik vakolatxonasi Suriya poytaxti Damashqda sobiq prezident Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan uch oy o‘tib ochildi. Elchixonani Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ochdi.

Yevropa Suriyaga bir necha mlrd yevrolik yordam ajratmoqchi north_east

Yevropa Suriyaga bir necha mlrd yevrolik yordam ajratmoqchi

Germaniya vakolatxonasi 2012 yilda mamlakatda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin yopilgan edi. Diplomatik missiyani vaqtincha Germaniyaning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Stefan Shnek boshqaradi. Elchi keyinroq tayinlanadi. Biroq Livandagi elchixona viza berishda davom etadi.

“Suriyada vakolatxonaga ega bo‘lish, masalan, fuqarolik jamiyati bilan aloqani yaxshilash va jiddiy og‘ishlarga bevosita javob berish imkonini beradi. Bu Yevropa va Suriya, Germaniya va Suriya o‘rtasida yangi siyosiy start bo‘lishi mumkin. Ammo bu Suriyada erkinlik, xavfsizlik va imkoniyatlar barcha odamlar – ayollar va erkaklar, barcha etnik guruhlar va dinlar vakillari uchun mavjud bo‘lishi haqidagi aniq umidlar bilan bog‘liq”, dedi Berbok tashrif davomida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi Turkiya elchixonasida 12 yillik tanaffusdan keyin ushbu mamlakat missiyasi o‘z faoliyatini qayta boshlagan edi. Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi ham Suriyaning yangi rasmiylari bilan aloqalarni davom ettirish uchun Damashqdagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Suriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing