Germaniyaning sobiq kansleri “Gazprom”da Nazarboyevning kuyoviga atalgan lavozimga nomzod bo‘ldi
Olam
−
04 fevral 2022
7945Germaniyaning sobiq kansleri, Nord Stream AG aksionerlik kompaniyasi qo‘mitasi raisi Gerxard Shreder nomzodi Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasining direktorlar kengashi a’zoligiga taklif qilindi.
Shreder ro‘yxatda “Kazenergy” assotsiatsiyasi raisi Timur Kulibayevning o‘rnini egalladi, ammo u bungacha ham kengashga davlat tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatida bor edi.
Ma’lumot uchun, Rossiya hukumati qarorida Kulibayev “Gazprom”ning direktorlar kengashi a’zoligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Timur Kulibayev – Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi. U joriy yil yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar ortidan 17 yanvar kuni “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etgandi.
Gerxard Shreder – nemis davlat arbori va siyosatchi. 1998 yil 27 oktyabrdan 2005 yil 21 noyabrgacha Germaniya kansleri bo‘lgan.
LiveBarchasi