Germaniyalik yetakchi futbolchilar hal qiluvchi penaltini tepishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Germaniya milliy terma jamoasining to‘rt nafar futbolchisi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga qarshi penaltilar seriyasida oltinchi zarbani amalga oshirishdan bosh tortgan. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Uchrashuv AQSHning Boston shahrida bo‘lib o‘tdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi sardori Yoshua Kimmix oltinchi penaltini kim tepishini so‘raganida, Leon Goretska, Valdemar Anton, Natanel Braun va Malik Chau bu mas’uliyatni zimmasiga olish istagini bildirmagan.

Shundan so‘ng hal qiluvchi zarbani himoyachi Yonatan Ta amalga oshirgan. U faoliyatida ilk bor penaltilar seriyasida zarba bergan bo‘lsa-da, to‘pni darvoza ustunidan yuqoriga yo‘llab, imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. Shundan so‘ng “nemis mashinasi” ketma ket ikki mundialda guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing