Germaniyadagi saylovda ikkinchi o‘rinni egallagan partiya ekstremistik deb topildi

Olam

image

Germaniya Federal konstitutsiyani himoya qilish boshqarmasi mamlakatdagi o‘ta o‘ng qarashlarga ega siyosiy kuch – “Germaniya uchun alternativa” (GuA) partiyasini ekstremistik tashkilot deb e’lon qildi. Bu haqda idora rasmiy bayonot chiqardi.

Bayonotda aytilishicha, partiyaning qochoqlar va muhojirlarga qarshi olib borayotgan targ‘iboti jamiyatda bu toifadagi odamlarga nisbatan xurofot, nafrat va qo‘rquvni kuchaytirmoqda. Ayniqsa, GuA musulmon davlatlardan kelgan fuqarolarni teng huquqli germaniyaliklar deb tan olmasligi alohida ta’kidlanadi.

Ushbu qaror partiyaga nisbatan uch yil davom etgan tekshiruvlar natijasida qabul qilingan. Tadqiqotlar davomida partiya yetakchilari va a’zolarining chiqishlari, ularning o‘ng ekstremistik guruhlar bilan aloqalari, shuningdek, oxirgi uchta mahalliy parlament (landtag) saylovlari kampaniyalaridagi faolligi o‘rganilgan.

“Shunga qaramay, partiyaning mashhurligi oshib bormoqda. 2025 yil aprel oxirida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, GuA Germaniyada eng ommabop siyosiy kuch sifatida qayd etilgan – uni respondentlarning 26 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Bu partiya uchun tarixiy rekorddir”, deyiladi xabarda. 

Bugun, 2 may kuni GuA hamraislari Elis Vaydel va Tino Chrupalla partiya “demokratiyaga tahdid soluvchi bu tuhmatdan o‘zini qonuniy himoya qilishda davom etish”ini ma’lum qildi. Ular boshqarmaning qarorini “Germaniyadagi federal darajadagi demokratiyaga jiddiy zarba” deb atadi.

Shu bilan birga, Vaydel va Xrupalla GuAning ilgari berilgan “o‘ng qanot ekstremistligida gumon qilinuvchi” maqomi davom etayotgan sud jarayonlari mavzusi bo‘lib qolayotganini eslatdi. GuA hamraislariga ko‘ra, ularning muxolif partiyasi “Germaniyada hukumat almashishidan sal oldin ommaviy kamsitishga uchragan va jinoiy javobgarlikka tortilgan”.

6 may kuni Germaniyada Bundestagga 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin saylovlar natijasida tuzilgan yangi hukumat a’zolari qasamyod qabul qilishi kutilmoqda. Shu fonda GuAning o‘ng qanot ekstremist sifatida belgilanishi siyosiy maqsadli qadam va “demokratik fikrni ifoda etish jarayoniga qasddan aralashuv” sifatida baholandi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida o‘tkazilgan navbatdan tashqari Bundestag saylovlarida GuA birinchi bor 20,8 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi. Saylovda g‘alaba esa Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari blokiga nasib etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya partiya Germaniya uchun al'ternativa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing