Germaniyadagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 yanvar
2052Kecha, 7 yanvar kuni Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Baden-Vyurtemberg shahridagi mashinasozlik kompaniyasi binosiga noma’lum niqobli shaxs o‘t ochishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda Xeylbronn shahri politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoyatchini qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazilmoqda. Politsiya aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi.
Yarim tunda otishma sodir etgani aytilayotgan shaxs jinoyat joyidan 30 kilometr uzoqlikdagi Zekax qishlog‘ida qo‘lga olingan.
Politsiya hisobotida mahalliy vaqt bilan soat 17:45 da sodir bo‘lgan hujum haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchi yolg‘iz harakat qilgan deb hisoblamoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va yaralanganlar kompaniya xodimlaridir.
Baden-Vyurtemberg meri Timo Freyning aytishicha, otishma sodir bo‘lgan kompaniya oilaga tegishli va mintaqadagi yirik ish beruvchi, tishli jihozlar ishlab chiqaruvchisi. Shaharda 20 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chernogoriyaning Setine shahridagi kafelardan birida sodir bo‘lgan otishmada 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgandi. Bayitse hududida sodir bo‘lgan jinoyatda 45 yoshli mahalliy fuqaro Aso Martinovich gumon qilinmoqda. U hozirda qidiruvda bo‘lib, ilgari ham qurolni noqonuniy saqlagani uchun hibsga olingan va agressiv xatti-harakati bilan tanilgan. Biroq politsiya uning jinoiy guruhlarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi