Germaniyadagi Mercedes zavodida otishma sodir bo‘ldi

Olam

image

Germaniyaning janubida joylashgan Sindelfingen shahrida Mercedes zavodida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi og‘ir yaralangan. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi

Otishma bugun, 11 may kuni ertalab soat 7:45 (Toshkent vaqti bilan 10:45) atrofida sodir bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Voqea joyiga qutqaruvchilar va tez yordam mashinasi yetib borgan.

"Bugun ertalab zavod hududida politsiya tomonidan operatsiya o‘tkaziltgani, voqea joyida qutqaruv xizmati va huquq-tartibot idoralari xodimlari ish olib borgani ma’lum bo‘ldi. Tinch aholiga hech qanday xavf yuzaga kelmagan", deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, Sindelfingendagi Mercedes zavodida 35 mingga yaqin xodim ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya otishma Mercedes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing