Germaniyadagi ko‘ldan markaziy osiyolik qizning jasadi topildi

Olam

image

Germaniyadagi ko‘ldan 24 yoshli qirg‘izistonlik qizning jasadi topildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasi huquq-tartibot idoralari Boden ko‘lidan 2002 yilda tug‘ilgan qizning jasadini topgan.

Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda va marhumaning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, jasadni vataniga yuborish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

O‘lim sabablari va tafsilotlari haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi Qirg‘iziston fuqarosi, 33 yoshli Aygerim ismli ayolning vahshiylarcha o‘ldirilishi yuzasidan tergov olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya jasad ko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing