Germaniyada Yevropa tarixidagi eng katta ommaviy qabrlar topildi (foto)

Olam

image

Germaniyaning Nyurnberg shahri markazida vabo qurbonlarining mingdan ortiq skeletlari bo‘lgan qabrlar topildi. Qoldiqlar yangi turar-joy binolari qurilishidan oldin arxeologik tadqiqotlar davomida aniqlangan. Bu haqda kecha, 6 mart kuni BBC xabar berdi.

Ommaviy qabrlardan 1000 ga yaqin skeletlar topilgan. Mutaxassislarning fikricha, u yerda jami 1500 dan ortiq odam suyaklari bo‘lishi mumkin. Germaniya janubidagi bu topilma, Yevropada qazilgan eng katta ommaviy qabrdir. U yerda sakkizta xandaq topilgan, ularning har birida yuzlab jasad bor. Qabrlar XIV asrdan boshlab har 10 yilda bir marta sodir bo‘lgan vabo epidemiyasi qurbonlariga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. 

Arxeologlar 1400 yillarning oxiri va 1600 yillarning boshlariga tegishli qabrlardan birini radiokarbon usuli bilan aniqlagan va bu joyda sopol parchalari va tangalar ham topilgan. Olimlar o‘z tadqiqotlarini davom ettirar ekan jamiyatning o‘sha davrdagi aholisining xususiyatlarini, shu jumladan, bu odamlarning yoshi va jinsini, aholining umumiy sog‘lig‘ini aniqlashga harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘ hududidagi Xo‘jali shahri markazida olib borilgan yirik restavratsiya va qurilish ishlari doirasida qiynab o‘ldirilgan va tiriklayin ko‘milgan ko‘plab odamlarning qoldiqlari topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Nyurnberg qabr ommaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing