Germaniyada tojikistonlik bir guruh terrorchilar qo‘lga olindi
Olam
−
15 aprel 2020
8495Germaniya razvedka xizmati mamlakatda terrorchilik xurujlarini rejalashtirgan tojikistonlik bir guruh terrorchilarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Der Spiegel” nashri yozmoqda.
Bugun, 15 aprel kuni ertalab Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida to‘rt nafar tojik millatiga mansub shaxs hibsga olingan. Ularning yetakchisi o‘tgan yili yonida qurol borligi aniqlangandan keyin hibsga olingan Ravshan B. Deya taxmin qilinmoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu besh nafar muhojir ISHID xalqaro terrorchilik guruhining bo‘limi sifatida harakat qilishganini aytmoqda. Tergovchilarning fikricha, ular 2019 yilning yanvar oyida terrorchilarga sodiqlik haqida qasamyod qilgan va buning ortidan ISHIDning yuqori martabali rahbarlari bilan bog‘langan.
Dastlab jangarilar Tojikistonga borib, hukumatga qarshi terrorchilik faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan. Ammo keyin ular Fransiyada hujumlar uyushtirishga qaror qilishgan. Xabar qilinishicha, terrorchilar allaqachon teraktlar rejalarini ishlab chiqqan: ularning nishonlari Germaniyadagi Amerika bo‘linmalari, shuningdek, islomni tanqid qilgan ba’zi jamoat arboblari bo‘lgan. Gumonlanuvchilar qurollarini yashirin joylarda saqlashgan va Internet orqali portlatish moslamalarini tayyorlash uchun turli qismlarga buyurtma berishgan.
LiveBarchasi