Germaniyada terakt tayyorlashda gumonlangan o‘smirlar qo‘lga olindi 

Olam

image

Germaniyadagi Dyusseldorf okrug sudi 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan uch nafar o‘smirni Markaziy aksilterror idorasi (ZenTer NRW) talabiga binoan hibsga olishga order berdi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal hududi prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib, "Deutsche Welle xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, dyusseldorflik 15 yoshli qiz, Lyudenshayd yaqinidagi Markish hududidan yashovchi 15 yoshli o‘g‘il bola va Arnsberg yaqinidagi Zyost hududidan yashovchi 16 yoshli qiz terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Prokuraturaning aniqlik kiritishicha, gap davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy zo‘ravonlik aktiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan qotilliklarni rejalashtirish haqida ketyapti.
Gumonlanuvchilar mart oyi oxirida hibsga olingan va hozirda tergov izolyatorida. Ularda sud hukmi chiqarilgunga qadar aybsizlik prezumpsiyasi bor. 

Xabar qilinishicha, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlardagi guruh suhbatida hujumlarni rejalashtirishni muhokama qilgan. Huquq-tartibot idoralari tafsilotlarni keltirmayapti. Germaniyaning “Bild” gazetasiga ko‘ra, gap o‘smirlar va bolalardan iborat butun bir terrorchi yacheykani ochish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Ular suhbatda Dortmund, Dyusseldorf va Kyolnni ehtimoliy hujum joylari sifatida tilga olgan, ammo hozircha aniq reja tuzilmagan.

Nashrning yozishicha, bolalar va o‘smirlar ISHID terrorchilik tashkiloti nomidan pichoq va molotov kokteyllari bilan hujumlar uyushtirish, shuningdek, o‘qotar qurol sotib olish haqida o‘ylashgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyida Germaniya federal prokurorlari 15 va 16 yoshli ikki o‘smirning Yangi yil yarmarkasida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinib, hibsga olinganini e’lon qilgan edi. Gumonlanuvchilar Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Brandenburgda qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing