Germaniyada samolyot uy tomiga borib urildi. Qurbon bor (video)
Olam
−
25 iyul 3521 1 daqiqa
Bugun, 25 iyul kuni Germaniyada yengil motorli samolyot Bremen yaqinidagi aholi yashaydigan uyga urilib, halokatga uchradi. Bu haqda politsiyaga tayanib, NDR xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir motorli to‘rt o‘rinli samolyot ikki qavatli uyning tomiga urilgan. Hodisa joyida erkak kishining, taxminlarga ko‘ra uchuvchining jasadi topilgan. Shuningdek, ekipajning ehtimoliy ikkinchi a’zosini qidirish ishlari davom etmoqda.
Halokat vaqtida uyda hech kim bo‘lmagan. Shu sababli aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Politsiya hududni o‘rab olgan, yaqin atrofdagi uylardan odamlarni evakuatsiya qilgan va ular uchun vaqtinchalik joylashtirish punktini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bagama orollarida kichik yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi