Bagamada yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 10 iyul kuni Bagama orollarida kichik yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Thye New York Post” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Cessna 402C Flamingo Air samolyoti Nassau shahridagi Lynden Pindling xalqaro aeroportidan San-Andros oroliga parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Samolyot halokatdan avval havoda texnik yoki boshqa muammolarga duch kelganini bildirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Shimoliy Andros orolidagi o‘rmon hududida samolyot qoldiqlari sochilib yotgani va ayrim qismlaridan tutun chiqayotgani aks etgan.

Dastlab bir kishi halokatdan omon qolgani aytilgan, biroq u keyinchalik olgan jarohatlari sabab vafot etgan. Rasmiylar qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etayotgani va barcha yaqinlariga xabar berilmaguncha to‘liq ro‘yxat e’lon qilinmasligini ma’lum qilgan.

Fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshlangan. Voqeadan so‘ng Bagama hukumati ehtiyot chorasi sifatida Flamingo Air aviakompaniyasining barcha parvozlarini vaqtincha to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, halokatdan bir necha soat avval ham ushbu aviakompaniyaga tegishli boshqa samolyot texnik muammo sabab Nassau aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan, biroq undagi yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiyadan Germaniyaga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotida havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay favqulodda hodisa yuz berib, samolyot oynasining sinib ketishi oqibatida bir yo‘lovchi qisman tashqariga tortilib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing