Germaniyada rekord darajada ko‘p migrantga fuqarolik berildi

Olam

image

Germaniyada fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun tufayli 2024 yilda 290 mingdan ortiq kishi Germaniya pasportiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

2024 yilda 291 ming 955 kishi Germaniya fuqaroligini olgan. Bu statistika 2000 yildan beri rekord ko‘rsatkich bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 91 860 kishiga (46 foiz) ko‘paygan.

2024 yilda ko‘pincha suriyaliklar fuqarolikka qabul qilingan. Ularga 83 ming 150 ta pasport berilgan – bu fuqarolikni olgan barcha chet elliklarning 28 foizi. Keyingi o‘rinlarda Turkiya (22 ming 525 yoki 8 foiz), Iroq (13 ming 545 yoki 5 foiz), Rossiya (12 ming 980 yoki 4 foiz) va Afg‘oniston (10 ming 085 yoki 3 foiz) fuqarolari qayd etilgan.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan esa eng katta o‘sish rossiyaliklar orasida qayd etilgan. Agar 2023 yilda Germaniya pasportini 1 ming 995 nafar Rossiya fuqarosi olgan bo‘lsa, 2024 yilda ularning soni 12 ming 980 taga yetgan – bu olti barobardan ko‘proq degani. Bir yil ichida fuqarolikka qabul qilingan Turkiya fuqarolari soni ham ikki baravardan ko‘proq oshgan.

Qayd etilishicha, 2024 yilning iyun oyidan kuchga kirgan migratsiya qonunchiligidagi o‘zgarishlar Germaniya yangi fuqarolari sonining o‘sishida muhim rol o‘ynagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sharqiy Germaniyada joylashgan Ayzenxyuttenshtadt shaharchasi aholisi sonini oshirish maqsadida yangi ko‘chib keluvchilarga ikki haftalik bepul turarjoy taklif qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing