Germaniyada otishma! 8 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
20 Fevral 2020 8871 1 daqiqa
Germaniyaning Gessen federal yerlaridagi Xanau shahrida noma’lum shaxs otishma uyushtirib sakkiz kishini o‘ldirdi. Bu haqda mintaqaviy politsiya ma’lum qildi.
“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya 8 kishi halok bo‘lganini tasdiqlaydi. Voqeaning aniq sabablari noma’lum”, deyiladi bayonotda.
Ikkita chilimxonada odamlarni o‘ldirgan qotil yolg‘iz harakat qilgan. U dastlab Kurt-Shumaxer-platsdagi chilimxona va bukmekerlik idorasiga kirgan. So‘ng, Xoymarkt maydonidagi chilimxonada yana uch kishini o‘ldirgan. Qurbonlardan tashqari 5 kishi jarohatlangan.
Qidiruv ishlari davomida otishmani uyushtirishda gumon qilingan shaxs o‘z uyidan o‘lik holda topilgan.
Ma’lumot uchun, Xanau Yevropa Ittifoqining moliyaviy poytaxti Frankfurt shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan.
Live
Barchasi23 Oktyabr