Germaniyada lokdaun martgacha uzaytirildi 

Olam

image

Germaniyada joriy yilning fevral oyi o‘rtalariga qadar amalda bo‘lishi kerak bo‘lgan lokdaun 7 martgacha uzaytirildi. Bu haqda mamlakat kansleri Angela Merkel ma’lum qildi. 

Cheklovlar 2020 yil noyabr oyi oxiridan buyon amalda bo‘lib kelmoqda. 

Mamlakatda oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar, sport klublari va go‘zallik salonlari, suzish havzalari, muzey va teatrlar, restoran va barlar yopilgan. 

Maktab o‘quvchilari uy sharoitida o‘qitishga o‘tkazilgan. Endi maktablarni birin-ketin ochish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 

Shuningdek, 1 martdan sartaroshxonalar ishlashiga ruxsat berilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing