Germaniyada kuchli toshqin tufayli yetti kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
15 iyul 2021
6033Germaniyada kuchli yomg‘ir va toshqin natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, taxminan 50-60 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Hamburger Morgenpost” onlayn portali xabar bermoqda.
Manbada keltirilishicha, Bernd sikloni tufayli joriy yilning 12 iyul kuni mamlakatga kuchli yomg‘ir yog‘gan. Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Germaniyaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalariga urilgan, ko‘chalar suv ostida qolib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Reynland-Pfalsdagi Arvayler okrugida to‘rt kishi halok bo‘lgan, Adenau shahri yaqinidagi Shuld kommunasida oltita uy vayron bo‘lgan, 50-60 kishi bedarak yo‘qolgan.
Bundan tashqari, boshqa uylar ham vayron bo‘lish xavfi ostida. Politsiya hali ham bedarak yo‘qolganlarning aniq sonini o‘rganmoqda. Nashr yana uch kishi qaysi viloyatlarda vafot etganiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksiy tumanida kuchli sel sakkiz kishini oqizib ketgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi