Germaniyada ekofaol Greta Tunberg ko‘mir konini kengaytirishga qarshi namoyishda hibsga olindi
Olam
−
18 yanvar 2023
8552Asli shvetsiyalik 20 yoshli ekologik faol Greta Tunberg Germaniyaning Lutserat qishlog‘i buzilishiga qarshi norozilik namoyishi paytida politsiya tomonidan hibsga olingani aytilmoqda. Bu haqda “Sky News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda rasmiylar tomonidan kichik Lutserat qishlog‘ini unga yaqin joylashgan ko‘mir konini kengaytirish maqsadida buzilish choralari ko‘rilmoqda. Mahalliy zobitlar bu joyni “o‘ta xavfli” deb aytganiga qaramasdan, ekologik faollar ochiq kon chetiga yaqin joyda namoyish o‘tkazgan. Ekofaol Tunberg norozilik namoyishi ishtirokchilari orasida bo‘lgan.
Ekologik faollar konni kengaytirishga qarshi, chunki ular qo‘ng‘ir ko‘mirni sog‘liq uchun eng zararli deb biladi.
Politsiyaning aytishicha, faol qiz hibsga olinmagan, aksincha identifikatsiya qilish uchun boshqa namoyishchilar bilan birga olib ketilgan. U qisqa hibsdan keyin ozod qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, qishloqdagi kondan qazib olinadigan qo‘ng‘ir ko‘mir Germaniyaning energiya xavfsizligini ta’minlaydi. Ekofaollar esa konni kengaytirishga qarshi, chunki ular qo‘ng‘ir ko‘mirni sog‘liq uchun eng zararli va rasmiylar bunga nisbatan zudlik bilan chora ko‘rish kerak deb hisoblaydi.
Politsiyaning aytishicha, faollarning ko‘mir konini kengaytirish bilan bog‘liq qarama-qarshiligini hal qilish uchun bir necha hafta vaqt ketadi.
Ma’lumot o‘rnida, Greta Tunberg san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 2018 yildagi mahalliy insholar tanlovida Iqlim o‘zgarishi haqidagi inshosi bilan g‘olib bo‘lganidan so‘ng, dunyoga atrof-muhit faoli nomi bilan tanilgan. 2019 yilda Nyu-Yorkda bo‘ladigan konferensiyaga samolyotda uchishni rad etib (bu tabiatga zarar keltiradigan sabablardan biri degan u), kema orqali 2 haftada yetib borgan. Ekologik faol qizning Instagram sahifasida 15 millionga yaqin obunachisi bor.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi