Germaniyada 32 yoshli ayol olti kishini pichoqladi
Olam
−
31 avgust
5554Germaniya g‘arbidagi Zigen shahrida ayol kishi avtobusda yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida taxminan 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 30 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 19:40 atrofida sodir bo‘lgan. Uch kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Barcha yaradorlar shifoxonalarga yetkazilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus Zigen shahrida tashkil etilgan festivalga ketayotgan edi. Jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda avtobusda kamida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bu voqeani terakt bilan bog‘liq emasligini bildirgan.
Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelib, ayolni hibsga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 32 yoshda. Uning millati nemis bo‘lib, ruhiy kasal va giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lishi mumkin. Guvohlar so‘roq qilinmoqda. Avtobus yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniyaning Zolingen shahridagi festivalda noma’lum erkak pichoq bilan odamlarga hujum qilgan, oqibatda uch kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi