Germaniyada 2 noyabrdan karantin choralari kuchaytiriladi

Olam

image

Germaniyada joriy yilning 2 noyabrdan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yangi karantin cheklovlari kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat kansleri Angela Merkel ma’lumot bergan.

2 noyabrdan boshlanadigan qat’iy cheklovlar kamida oyning oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Mamlakatda konsert zallari, muzeylar yopiladi. Yarmarkalar, kinoteatrlar, ko‘ngilochar bog‘lar, o‘yingohlar, sport klublari, suzish havzalari va akvaparklar faoliyati to‘xtatiladi.

Barlar, klublar, diskotekalar, qovoqlar ham mehmonlar uchun o‘z eshiklarini yopadi. Faqat ovqat yetkazib berish va olib ketish xizmati amalda bo‘ladi. Do‘konlar yangi xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda ishlashni davom ettiradi. 

Mehmonxonalar turistlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Odamlar uydan tashqarida eng ko‘pi bilan 10 kishigacha yig‘ilishi mumkin bo‘ladi. 

Maktablar va bolalar bog‘chalari esa o‘z faoliyatini davom ettiradi. 

“Bizning sog‘liqni saqlash tizimimiz bu muammo bilan kurasha oladi. Biroq infeksiya bu tezlikda tarqalsa, tizim bir necha haftada o‘z imkoniyatlarining chegarasiga yetib borishi mumkin”, deya ma’lum qilgan Angela Merkel.

Avvalroq, Rossiya, Fransiyada karantin choralari kuchaytirilgani, Turkiya esa choralarni kuchaytirishni o‘ylayotgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 487 mingdan oshgan. Bugungacha 10 ming 259 kishi vafot etgan. 

Dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar 44 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin germaniya

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing