Germaniya YeIning Rossiya aktivlarini Kiyevga o‘tkazish rejasini rad etadi – FT 

Olam

image

Germaniya Yevropa Ittifoqining Ukrainani tiklash uchun Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini hibsga olish rejalariga e’tiroz bildirdi hamda bu kabi “shoshilinch harakatlar” huquqiy va moliyaviy tavakkalchiliklarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi. 

Gazetaning yozishicha, Germaniya hukumatining yuqori martabali vakillari Yevrokomissiyaning Rossiya aktivlarining bir qismini Ukrainani tiklash uchun o‘tkazish rejasi o‘ta yuqori yuridik xavflar tufayli yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanishiga shubha bildirgan. 

Xususan, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Moskva Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lashi kerakligini aytgan va Berlin sanksiyaga uchragan rossiyaliklar va kompaniyalarning aktivlarini topish va muzlatish uchun “qonun doirasida qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotygani bildirgan. Biroq Ukrainani tiklash uchun ushbu mablag‘lardan foydalanish murakkab moliyaviy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorlarni amalga oshirgan Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy bankining yuzlab milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ygan. YeI allaqachon aktivlarni to‘liq musodara qilish g‘oyasidan voz kechgan va hozirda muzlatilgan mablag‘lardan daromadni Kiyevga yuborish imkoniyatini qidirmoqda. 

“Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda bu muzlatilgan aktivlardan olingan yangi pullar ishlatilishi kerakligi va ishlatilishi mumkinligi haqida juda aniq va keng konsensus mavjud. Ammo biz bu pulni qandaydir siyosiy qarorga asoslanib oddiygina olib bo‘lmasligimiz ham aniq tushuniladi”. gazetaga ismini oshkor etmagan yevropalik diplomat aytdi. 

Bugun, 26 iyun kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tayotgan YeIning 27 davlati Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida bu masala muhokama qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Evropa Evropa Ittifoqi Ukraina muzlatilgan aktivlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing