Germaniya “yashin tezligi”da Rossiya energiyasiga qaramlikdan qutulmoqchi
Olam
−
28 iyul 2022
11496Germaniya “yashin tezligi”da Rossiya energiya tashuvchilarga qaramlikdan xalos bo‘lmoqda, mamlakatda energetika sohasi yaqin ikki yil ichida o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiyot vaziri Robert Habek bugun, 28 iyul kuni jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Aytish kerakka, biz Rossiya gaziga qaramligimiz tufayli eng yirik energetik inqirozni boshdan kechiryapmiz, ammo bu qaramlikdan yashin tezligida qutulmoqdamiz. Bu qaramlikka o‘nlab yillar davomida tushdik. Ushbu qaramlikdan qutulishga harakat qilyapmiz. Biz [energetika sohasidagi] mustaqillikka bir necha oy va yillar ichida erishamiz”, deydi Robert Habek.
Uning ta’kidlashicha, buning uchun Germaniya suyultirilgan tabiiy gaz qabul qilish infratuzilmasini rivojlantirmoqda, boshqa energiya manbalaridan jumladan, qayta tiklanadigan manbalardan foydalanmoqda, vodorod yonilg‘isidan foydalanish texnologiyasini jadal rivojlantirmoqda.
“Biz bu yilgi va kelasi qishda chidab bersak, biz (2022-2024 yillarda) jadal rivojlanishlarni ko‘ramiz. Shu davr ichida tezkor transformatsiyaga erishamiz”, deydi Habek.
LiveBarchasi